Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va O‘zbekiston harbiylari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Hindistonning Puna shahridagi xalqaro mashg‘ulotlar bazasida «Do‘stlik – 2025» Hindiston – O‘zbekiston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.

Foto: Mudofaa vazirligi
2019 yildan beri muntazam tarzda tashkil etib kelinayotgan mazkur o‘quv mashqlari ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadlariga qaratilgan bo‘lib, ushbu mashg‘ulotlar har yili O‘zbekiston va Hindistonda navbatma-navbat o‘tkazilmoqda.
2024 yilda O‘zbekiston va Hindiston harbiy mutaxassislari «Do‘stlik – 2024» mashg‘ulotlari doirasida «Termiz» dala-o‘quv poligonida tajriba almashgan edi.
O‘quv mashg‘ulotlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston va Hindiston harbiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etib, hamkorlikdagi o‘quv mashg‘ulotlari ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlashga hamda harbiy xizmatchilarning bilim, ko‘nikma va tajribalarini oshirishga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.
Hamkorlikdagi qo‘shma mashg‘ulotlar 28 aprelga qadar davom etadi.
Mavzuga oid

21:35 / 15.07.2025
114 yoshli marafonchi mashina tagida halok bo‘ldi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

22:37 / 11.07.2025
Tesla avgust oyidan Hindistonda elektromobillar savdosini boshlaydi

20:21 / 10.07.2025