Zelenskiy Uitkoffning Ukrainaning besh mintaqasi haqidagi so‘zlariga javob berdi
«Bizning davlatimiz hududi haqida faqat Ukraina xalqi gapira oladi», - dedi Volodimir Zelenskiy AQSh maxsus vakilining Ukrainaning besh mintaqasi masalasi Rossiya Federatsiyasi bilan muzokaralarda asosiy o‘rin tutadi, degan so‘zlariga izoh berarkan.

Foto: REUTERS
15 aprel, seshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan beshta hududi haqidagi so‘zlariga izoh berdi, unga ko‘ra, ushbu mintaqalar Rossiya bilan tinchlik muzokaralarida asosiy omilga aylangan.
«Barcha hududlar unitar Ukraina davlatiga qarashli. Shuning uchun... davlatimiz hududi haqida faqat Ukraina xalqi gapirishi mumkin», dedi Zelenskiy Odessada NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan matbuot anjumani chog‘ida.
Ukraina rahbari, shuningdek, Kiyev uchun qizil chiziqlar «vaqtincha bosib olingan har qanday hududlarni Ukraina emas, balki Rossiya hududi deb tan olish» ekanligini ta’kidladi. Zelenskiy, shuningdek, «tegishli vakillar» bu masalani «o‘z vakolatlaridan tashqari tarzda» muhokama qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff Fox News telekanaliga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatishga intilayotganini, ammo «bu mojarodagi eng katta muammo» Kreml talab qilayotgan beshta Ukraina hududini Rossiyaniki deb tan olish ekanini aytgan edi. Gap Qrim, Donetsk, Luxansk, Zaporijjya va Xerson viloyatlari haqida bormoqda.
11 aprel kuni AQShning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Kiyev hech qachon Xerson, Zaporijjya, Luxansk va Donetskni to‘liq mulk sifatida Rossiyaga bir tomonlama ravishda berishga rozi bo‘lmasligini aytdi.
Mavzuga oid

15:08
Vashington Pekinga 245 foiz boj solishini va’da qilmoqda

13:29
Tramp nolegal migrantlarga «o‘zi ixtiyori bilan mamlakatni tark etish» dasturini e’lon qildi

13:03
AQSh Vengriya bosh vaziri apparati rahbariga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

13:03