WSJ: Maslahatchilar Trampni Rossiyaga yondashuvni kuchaytirishga chaqirmoqda
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti va Moliya vazirligi Rossiyaga nisbatan cheklov choralarini kuchaytirish variantlarini tayyorlamoqda.

Foto: PAP/EPA/SHAWN THEW / POOL
AQSh davlat kotibi Marko Rubio hamda prezidentning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishi masalasi bo‘yicha Oq uyda bo‘lib o‘tgan munozara chog‘ida Donald Trampga Rossiya rahbari Vladimir Putinning «diplomatik niyatlari»dan ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi. Bu haqda 15 aprel, seshanba kuni The Wall Street Journal (WSJ) xabar qildi.
AQSh rasmiylarining aytishicha, Rubio va Kellog kiruvchi guruh Oq uy rahbariga Putin bilan munosabatda ehtiyotkor bo‘lishni, ayniqsa, Moskvaning Kiyevdan hududiy imtiyozlar berish talabiga nisbatan keskinroq yondashishni tavsiya qildi, deb yozadi WSJ.
Biroq Tramp hamon AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiven Uitkoffni qo‘llab-quvvatlamoqda, u Moskvadagi ikki uchrashuvdan so‘ng Putin tinchlik o‘rnatmoqchi, deb hisoblaydi, deb yozadi nashr manbalari.
Rossiya harbiylarining Ukrainaning Sumi shahriga hujumi natijasida 30 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lganligi Trampning katta maslahatchilari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni ko‘rsatdi, deya xulosa qildi nashr.
Mavzuga oid

23:47 / 18.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025