Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
Rossiya tomoni «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi faoliyatini qayta boshlash haqidagi O‘zbekiston IIV so‘rovini ijobiy ko‘rib chiqishga tayyorligini tasdiqladi.

Foto: dunyo.info
Mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori doirasida Tashqi va Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura, Migratsiya agentligi va Rossiya elchixonasi xodimlaridan iborat ikki tomonlama ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida Rossiya oliy o‘quv yurtlarining Toshkent shahridagi filiallarida migratsiya tartib-taomillari, tibbiy ko‘riklar va rus tili imtihonlarini O‘zbekistonga o‘tkazish, «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining va «Saxarova» ko‘p tarmoqli migratsiya markazining Toshkent shahridagi vakolatxonalari faoliyatini tiklash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, til imtihonlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rish markazlarini ochish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha kurslar tashkil etish, O‘zbekistonda tibbiy ko‘rik va test o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot klinikasini ochish va boshqalar ko‘rib chiqildi.
Rossiya tomoni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi faoliyatini qayta boshlash haqidagi so‘rovini ijobiy ko‘rib chiqishga tayyorligini tasdiqladi.
Tomonlar ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishida Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarini, shuningdek, «Saxarova» ko‘p tarmoqli migratsiya markazining Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari jalb etish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi.
Bundan tashqari, yuqorida muhokama qilingan masalalarni 27-30 aprel kunlari Moskva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhi yig‘ilishi kun tartibiga kiritish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

13:33 / 19.04.2025