Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda
Britaniyaning Open Source Centre tahlilchilariga ko‘ra, oxirgi 20 oy davomida Shimoliy Koreya Rossiyaga 4-6 mln snaryad yuborgan.

Foto: RIA Novosti
Rossiya armiyasi uchun KXDRning harbiy yordamida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda Reutersʼning Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy munosabatlarga oid katta materialida so‘z boradi.
Agentlik jurnalistlari Britaniyaning Open Source Centre tahlilchilari bilan birga, sun’iy yo‘ldoshlar orqali so‘nggi 20 oy davomida KXDRdan Rossiyaga yetkazilgan 64 ta yirik dengiz yetkazmalarini kuzatdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu vaqt davomida 4-6 million snaryad tashilgan.
Open Source Centre tahlilchilarining hisoblashicha, oxirgi oylarda rossiyalik harbiylar tomonidan foydalanilayotgan o‘q-dorilarning qariyb 50 foizi KXDRdan olib kelingan.
Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanov ham Reuters bilan suhbatda shu kabi raqamlarni tasdiqlagan. Ismini oshkor etishni istamagan ukrainalik harbiy ekspert esa Shimoliy Koreyaning bu boradagi hissasi 70 foizga yetishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, G‘arb amaldorlariga ko‘ra, Rossiyaning o‘zi 2024 yilda atiga 2-2,3 million snaryad ishlab chiqargan.
Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik to‘g‘risida 2023 yilda ma’lum bo‘lgandi — o‘sha vaqtdan boshlab Shimoliy Koreya ilk snaryadlarni yetkazib berishni boshlagan. 2024 yil yozda mamlakatlar keng qamrovli strategik sheriklik shartnomasini imzoladi. Shimoliy Koreya o‘q-dorilardan tashqari frontga bir necha ming harbiy xizmatchisini ham yuborgan.
Mavzuga oid

21:42 / 15.04.2025
Rossiya tinchlikka erishish uchun Ukrainadan anneksiya qilingan hududlarni so‘radi

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

19:39 / 15.04.2025
Rossiyada «Ko‘k kit» o‘yini asoschisi 9 yilga qamaldi

16:29 / 15.04.2025