Lavrov davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqini sharsiz qo‘llamasligini aytdi
RF TIV rahbari Qozog‘iston prezidentining fikriga qo‘shilmasligini aytdi. Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, biror davlatning hududiy yaxlitligi hurmat qilinishi uchun, o‘sha davlatning hukumati shu hududda yashovchi butun xalqning vakili bo‘lishi kerak.

Foto: TASS
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning davlatlarning hududiy yaxlitligi huquqi haqidagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda u «Kommersant»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti agar faqat xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi tamoyiliga tayanilsa, dunyoda ko‘plab mintaqaviy mojarolar kelib chiqishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Jumladan, 2022 yil yozida u BMT Nizomida mustahkamlangan ushbu tamoyil boshqa bir tamoyil – hududiy yaxlitlikka zid ekanini aytdi. To‘qayev bu tamoyil to‘liq amalga oshirilsa, dunyoda 600 dan ortiq davlat paydo bo‘lishi mumkinligini, bu esa parokandalikka olib kelishini ta’kidladi.
Lavrov bu nutqini eslashini, lekin To‘qayevning nuqtai nazariga qo‘shilmasligini ta’kidlab, Moskva keyinchalik Ostonaga o‘z pozitsiyasini tushuntirganini qo‘shimcha qildi.
«To‘qayev uchun faqat hududiy yaxlitlik huquqi bor. Lekin yana aytaman: agar BMT a’zosi bo‘lsangiz, Nizomni to‘liq hurmat qilishingiz kerak», deb tushuntirdi u.
Lavrovga ko‘ra, «hukumati shu hududda yashovchi butun xalqning vakili bo‘lgan davlatning hududiy yaxlitligi hurmat qilinadi».
«Hech bir mustamlakachi davlat mustamlakachilar egallab olgan hududda yashovchi barcha xalqni ifodalagan emas. Bu isbot talab qilmaydi! Na Parij, na Lissabon, na Madrid, na London vakili bo‘lgan. Shuning uchun dekolonizatsiya jarayoni BMT Nizomiga to‘liq mos ravishda amalga oshirildi», deb ta’kidladi Lavrov.
To‘qayev xalqaro huquqdan kelib chiqqan holda Qozog‘iston barcha davlatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligi tamoyillariga sodiqligi haqida bir necha bor gapirgan. Shu sababli Ostona Tayvan, Kosovo, Janubiy Osetiya va Abxaziyani tan olmaydi, dedi u 2022 yil yozida.
Shu bilan birga, u o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR va LXRni «kvazi-davlat hududlari» deb atadi (o‘sha paytda Moskva ularni hali anneksiya qilmagan edi). Qayd etish joizki, aksariyat davlatlar ushbu hududlarning Rossiya tarkibiga kirishiga olib kelgan referendumlarni tan olmaydi.
Mavzuga oid

15:09
Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi

15:01
Indoneziya mamlakatda Rossiya harbiy bazasi bo‘lishini rad etdi

13:50
WSJ: Maslahatchilar Trampni Rossiyaga yondashuvni kuchaytirishga chaqirmoqda

21:51 / 15.04.2025