Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi

Sun’iy intellekt chizgan surat
Prezident tomonidan «Qonunlar loyihalarini Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish va ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Bundan buyon qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar ham taqdim etilishi kerak:
- xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha ushbu vazirlikning xulosasi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qo‘shilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
- xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha ushbu vazirlikning xulosasi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qo‘shilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
- qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari bo‘yicha xulosa;
- qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish chog‘ida to‘ldirilgan chek-varaq;
- qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari to‘g‘risidagi axborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishi majburiy bo‘lmagan qonun loyihalari mustasno.
Shuningdek, qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi sub’yekti uni chaqirib olish to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli.
Qo‘shimchalar:
• «Oliy Majlis Qonunchilik palatasining reglamenti to‘g‘risida»gi qonunga;
• «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi qonunga;
• «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilmoqda.
Mavzuga oid

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

15:34 / 10.04.2025
«O‘zbekiston investorlari kuni» yana 7 ta shaharda tashkil etiladi

14:00 / 09.04.2025
O‘zbekistonda uch yilda noyob metallar bo‘yicha 76 ta loyiha amalga oshiriladi

09:18 / 07.04.2025