“Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi boshlandi
Loyiha kiritish bosqichi - 5–14 aprel, saralash bosqichi - 15–20 aprel, ovoz berish bosqichi - 21–30 aprel kunlari o‘tkaziladi.

Foto: Kun.uz
“Ochiq budjet” portalida 5 apreldan boshlab “Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berishicha, loyiha kiritish bosqichi — 5–14 aprel, saralash bosqichi — 15–20 aprel, ovoz berish bosqichi — 21–30 aprel kunlari o‘tkaziladi.
Ushbu loyiha portalda jamoatchilik fikri asosida yashil bog‘ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, saralash, ovoz berish yo‘li orqali g‘olib loyihalarni aniqlash hamda moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan jarayondir.
Mavzuga oid

08:52 / 04.04.2025
“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

15:53 / 18.02.2025
Ayrim startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi

09:59 / 11.01.2025
2025 yilda 307 ta yirik loyiha ishga tushiriladi

15:43 / 05.12.2024