Istanbulning sobiq meri ustidan sud jarayoni yozga qoldirildi
Ekrem Imomo‘g‘li ustidan ikkita jinoiy ish bo‘yicha sud iyun va iyul oylarida o‘tkaziladi.

Foto: Depophotos
Turkiyaning Istanbul shahri meri Ekrem Imomo‘g‘li ustidan sud mahkamasi joriy yil yoz oyiga qoldirildi, deb xabar berdi DW.
Qayd qilinishicha, ikkala ish ham qoldirildi: bosh prokuror Oqin Gyurlekka nisbatan «tahdid» ishi va Beylikdyuzyudagi ish davri bilan bog‘liq «tender manipulyatsiyasi» ishi. Birinchi ish 16 iyunda, ikkinchisi 11 iyulda ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, Istanbul meri va uning sheriklari 19 mart kuni korrupsiya, poraxo‘rlik va pora berishda ayblanib, hibsga olingan edi.
Mer va uning sheriklari hibsga olinganidan so‘ng, ehtimoliy ommaviy tartibsizliklarning oldini olish maqsadida Istanbulda 4 kunga namoyishlar o‘tkazish taqiqlandi. Shaharda yo‘llarda harakatlanish va ayrim metro liniyalarining ishi cheklandi. Keyinchalik butun Turkiyada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.
Mavzuga oid

19:16
Turkiyada qurbonlik qilish chog‘ida 14 ming kishi jarohat oldi

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

18:35 / 02.06.2025