Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Yadroviy bitim bo‘yicha Eron-AQSh muzokaralari 12 aprel kuni O‘monda bo‘lib o‘tadi. O‘z navbatida Eron tomoni muzokaralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmasligini, delegatsiyalar alohida xonalarda o‘tirishini ma’lum qilgan.

Foto: Mei.edu
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 12 aprel kuni Eronning «yuqori martabali vakillari» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni O‘monda yadroviy bitim bo‘yicha Eron—Amerika maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tishi kerak. Tehron muzokaralar bevosita bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.
«Uzoq vaqtdan beri birinchi marta maxsus vakil Uitkoff va Eron rahbariyatining yuqori martabali vakillari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi. Ular tinchlikka erishishiga umid qilamiz. Biz Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmasligini ochiq-oydin aytdik va o‘ylashimcha, aynan shu ushbu uchrashuvga sabab bo‘ldi», — deydi Rubio AQSh prezidenti kabinetining yig‘ilishida.
12 aprel kuni O‘monda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff boshchiligidagi delegatsiyalar muzokara o‘tkazadi. Uchrashuv haqida gapirgan Donald Tramp muzokaralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilishini e’lon qildi. Eron tomoni esa keyinroq delegatsiyalar alohida xonalarda o‘tirishini, O‘mon diplomatlari esa ular orasida vositachilik qilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Tramp Eron oliy rahbari oyatullo Ali Xominaiyga maktub yuborib, ikki oy ichida yadroviy dastur bo‘yicha yangi kelishuvga erishishni talab qilgan. Xominaiy muzokaralarga vositachi orqali rozilik bergan. Aroqchiy yakshanba kuni «AQSh bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar Vashingtonning Tehronga qaratilgan tahdidlarini hisobga olganda befoyda», degan edi.
Mavzuga oid

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

21:30 / 15.04.2025
«Uyda yolg‘iz 2» filmi rejissyori Trampning qasosidan qo‘rqishini aytdi

20:39 / 15.04.2025
Xitoy AQSh Milliy xavfsizlik agentligining uch nafar xodimini hibsga olishga order berdi

19:41 / 15.04.2025