O‘zbekiston | 11:11 / 11.04.2025
5770
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida sohaning real holati hamda uni rivojlantirishga doir amaliy takliflar tinglandi.

"Farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontentning asosiy qismi — chet el mahsulotlari. Milliy, sifatli kontentimiz esa yetarli darajada emas.

Ayniqsa, bolalar uchun o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizga xos multfilmlar va ta’limiy kontentlar yetishmaydi. Shu bois, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ularni yanada rivojlantirish kerak", deydi u.

Mavzuga oid