Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi
Unda pianinochi Kirill Rihter o‘z mahoratini Milliy simfonik orkestr jo‘rligida namoyish etdi.
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida – open air formatida konsert tashkil etildi. Konsert qadimiy Chilpiq qal’asida bo‘lib o‘tdi, deb yozadi prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva.
Ta’kidlanishicha, unda pianinochi Kirill Rihter o‘z mahoratini Milliy simfonik orkestr jo‘rligida namoyish etgan.
«Simfonik musiqa, Sharq she’riyati va xalqona ohanglar uyg‘unlashgan ushbu noodatiy tadbirni Nukus bilan jahon musiqa sahnasi o‘rtasidagi madaniy ko‘prik, deb atash mumkin», — deya qayd etadi Saida Mirziyoyeva.
The Sands of Time («Vaqt qumlari») konserti – Sharqning ulug‘ shoirlari Bobur, Navoiy, Umar Xayyom va Nodirabegim ijodidan ilhomlangan g‘oya mahsuli. «Bu – abadiylikka daxldor va ayni paytda yangi nafas baxsh etuvchi, dunyoni maftun etishga qodir loyiha, desak mubolag‘a bo‘lmaydi», — deb yozadi prezident yordamchisi.
Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Nukusda har 18 oyda bir marta o‘tkazilishi rejalashtirilgan birinchi Orol madaniyat sammiti o‘z ishini boshladi. Unda ishtirok etgan Saida Mirziyoyeva tadbir mamlakat va ayniqsa Qoraqalpog‘iston uchun ulkan ahamiyatga ega voqea ekanini ta’kidladi.
Mavzuga oid

20:52 / 18.05.2025
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva

20:35 / 16.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi

17:21 / 14.05.2025
Saida Mirziyoyeva YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

16:02 / 11.05.2025