Demokrat kongressmenlar Ilon Maskni ishdan olishni talab qildi
Demokratlar maxsus davlat xodimi (Mask egallagan lavozim) yiliga 130 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlashi mumkinligi haqidagi qonuniy talabni keltirmoqda.

Foto: Getty images
AQSh Vakillar palatasidagi demokratlar guruhi biznesmen Ilon Maskni prezident Donald Tramp ma’muriyatidan 30 maygacha ketishiga erishish uchun kelishilgan kampaniyani boshladi. Bu haqda Axios xabar berdi.
Demokratlar maxsus davlat xodimi (Mask egallagan lavozim) yiliga 130 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlashi mumkinligi haqidagi qonuniy talabni keltirdi.
«Ma’muriyatdan zudlik bilan ommaviy bayonotni talab qilamiz, unda Mask 30 maygacha iste’foga chiqishi va qonun talab qilganidek, barcha vakolatlardan mahrum bo‘lishi aniq aytilishi kerak», deyiladi Vakillar palatasining 77 nafar demokratlari tomonidan Trampga yuborilgan xatda.
Murojaat mualliflarining qo‘shimcha qilishicha, ular Maskning «o‘z kompaniyalari, jumladan Tesla va SpaceX bilan aloqani uzmaguncha» bir yil davomida maxsus davlat xodimi sifatida qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi.
«Biz Respublikachilar partiyasiga ommaviy bosim bundan buyon 30 maygacha kuchayishini aniq aytdik», dedi texaslik demokrat Gregori Kazar. Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratlarda Maskni lavozimidan chetlatish uchun «barcha huquqiy va siyosiy vositalar» hamda «jamoatchilik bosimining barcha kuchi» mavjud.
Biznesmen, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask prezident Donald Trampning eng yaqin maslahatchilaridan biri hisoblanadi. Yanvar oyidan boshlab u hukumat samaradorligini oshirish, shu jumladan «samarasiz» mansabdor shaxslarni ishdan bo‘shatish maqsadida tashkil qilingan Hukumat samaradorligi departamentini (DOGE) boshqargan.
Politico manbalari aprel oyi boshida Tramp o‘zining odamlariga Mask yaqin haftalarda davlat xizmatidan ketishini aytganini xabar qilgan edi. Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt Politico xabarini «axlat» deb atadi, biroq rad qilmadi. Mask nashrning maqolasini «soxta» deb atadi. Tramp omma oldida Maskni «iloji boricha» saqlab qolishini aytdi.
Mavzuga oid

23:45 / 13.04.2025
Tramp kosmik tadqiqotlar budjetini ikki barobarga qisqartirishga qaror qildi

23:25 / 13.04.2025
NYT: Mask departamenti AQSh budjeti xarajatlarini qisqartirishdagi o‘z muvaffaqiyatini oshirib ko‘rsatmoqda

20:51 / 13.04.2025
AQSh savdo borasida Xitoy bilan «yumshoq muloqot» boshlanganini ma’lum qildi

17:24 / 13.04.2025