Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Ukraina rahbari Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi bu haqda o‘ylab ko‘rish kerakligini ta’kidladi.

Foto: Stefan Rousseau - WPA Pool/Getty Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Kiyevdagi «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishida ishtirok etgan Yevropa davlatlari yetakchilari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda, agar 30 kunlik muddatga to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, Ukraina tomoni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tinchlik muzokaralarini boshlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Axios xabariga ko‘ra, Tramp bilan suhbat chog‘ida ittifoqchilar Vladimir Putin o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini qo‘llab-quvvatlashdan bosh torsa, Yevropa davlatlari Moskvaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar paketini joriy qilishini ta’kidlagan.
Manbalardan birining aytishicha, Donald Tramp Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish taklifini qabul qilganidan va Kreml bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirganidan «xursand».
Ikkinchi manba Amerika prezidenti uning tashabbusini Kiyev va Yevropa poytaxtlari qo‘llab-quvvatlaganidan mamnunligini tasdiqladi. «Biz hozir Rossiyadan javob kutmoqdamiz», dedi nashri manbasi.
O‘z navbatida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu taklifga izoh berdi.
«Biz bu haqda o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Bu yangi yo‘nalish. Bizning o‘z pozitsiyamiz bor. Biz Yevropaning bizga qarshilik qilayotganini ko‘ryapmiz. Yevropa bizga ochiqchasiga qarshi turibdi, biz buni his qilyapmiz, bilamiz va biz bunga o‘rganib qolganmiz. Rossiya tarixan bosimga yon bermagan», dedi Peskov.
Mavzuga oid

23:18 / 10.05.2025
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi

17:43 / 10.05.2025