Sport | 11:29 / 09.04.2025
11643
14 daqiqa o‘qiladi

Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?

«Arsenal» «Real»ni ikkinchi bo‘limda yakson etdi, Rays FIFA o‘yinlariga xos shedevr gollar urdi.

Foto: Arsenal

«Real» Chempionlar ligasi chorakfinalida «Arsenal» tomonidan tor-mor etildi! Sovrinning amaldagi g‘olibi turnirni tark etish yoqasiga kelib qoldi. Endi Karlo Anchelotti shogirdlari «Santyago Bernabeu»dagi javob uchrashuvida mo‘jiza ko‘rsatishi talab etiladi. Quyida «Spors.ru» kolumnistlari Vadim Lukomskiy hamda Vyacheslav Palaginning mazkur o‘yin bo‘yicha tahlili tarjimasi keltiriladi.

Hujumchilarsiz qolgan «Arsenal» «Real»ni yirik hisobda mag‘lub etdi (3:0) – Deklan Rays tarixiy va aql bovar qilmas gollar muallifiga aylandi.

Jarohatlangan futbolchilar ko‘payib ketgani tufayli Artetada tarkib bo‘yicha syurpriz qilish imkoniyati ham yo‘q edi. Ketganlarning so‘nggisi – Gabriel. Uning o‘rnida Yakub Kivyor harakatlanishi ma’lum edi. Bukayo Saka jarohatdan qaytganidan buyon ilk bor boshlang‘ich tarkibda tushdi – u bungacha ikki marta zaxiradan o‘yinga qo‘shilgandi (katta ehtimol bilan, u aynan shu o‘yinga kuch tejagan). Rasman forvard joyini esa kutilganidek Mikel Merino egalladi.

Karlo Anchelotti chap qanot himoyachisi tanlovi bilan ajablantirdi. Bu pozitsiyaga David Alaba qaytarildi. O‘yindan oldin yana bir intriga Fede Valverde qanday rolda bo‘lishi bilan bog‘liq edi: maydon markazida yoki o‘ng qanot himoyasida. Karlo ikkinchi variantni tanladi, tayanch zonasida Luka Modrich va Eduardo Kamavinga tushishdi (Orelen Tchuameni diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi).

To‘pga o‘zidaligida «Arsenal» uchta o‘nlik bilan o‘ynadi. Ularning dinamikligi – muvaffaqiyat kaliti bo‘ldi

«Arsenal» to‘pga egalik qilganida 3-2-3 + qanotlarni keng yoygan ikki vinger tuzilmasida juda aniq va intizomli saflandi. 
 
Bir necha misollar.

Bunda asosiy rolni uch o‘nlik bajardi: Deklan Rays, Mikel Merino, Martin Edegor. Himoyadan chiqishda ularning uchalasi ham yarimhimoyada o‘zini taklif qildi, ammo harakatchanlik evaziga to‘pni oldinga olib borishga yordam berishga (ko‘pincha Edegor orqali o‘ynaldi) ham ulgurishdi va raqib jarima maydoniga kirib borishdi.

Birinchi bo‘lim yakunlariga ko‘ra bu uchlik maydonda eng ko‘p yugurgan futbolchilar bo‘lishdi.

Bu bo‘yicha ikkinchi bo‘limdagi statistika ko‘rsatilmadi (Rays esa o‘yin oxirida zaxiraga olindi), ammo kartina jiddiy o‘zgargani dargumon. Dinamik yarimhimoya «Arsenal»ga markazda ustun kelishda yordam berdi.

«Arsenal» vaziyatga qarab oldinga boruvchi uch nafargacha tayanch yarimhimoyachisi va uch nafargacha hujumchiga ega bo‘ldi. Ko‘pincha quyidagi nisbatda: joylashish va tayanchga yordam berish zarur bo‘lganida, ulardan biri ortga surildi, qolgan ikkisi yuqoriroqda qoldi; maydonning raqib tomonidagi uchinchi qismida «ikki kishi jarima maydoni to‘ldiradi, bir kishi orqaroqda ishlaydi» qoidasida harakatlanishdi.

Buni ko‘rsatuvchi skrinshotlar.

Alohida epizodlarda yanada radikal nisbat yuzaga keldi, ammo bu g‘oya va uni amalga oshirish tufayli «Arsenal» hech qayerda kamchilik bo‘lib qolmadi. Pozitsiyalarning doimiy o‘zgarishi «Real» qarshisiga qo‘shimcha savollarni qo‘ydi: londonliklarda oldinga harakatlanish ham, hududlarni yopish ham ishladi. 

Bunday tuzilish mezbonlarga o‘yinni nazorat qilish imkonini berdi. «Real»ning pressing qilishga bo‘lgan kam sonli urinishlari barbod bo‘ldi, shu tufayli Anchelotti jamoasi maydonning o‘z darvozasi tomondagi qismida himoyalanishga majbur bo‘ldi. Ular bu hududda markazni 4-4-2 sxemasida yopishdi.

Qanotlarga yo‘llar esa ochiq qoldirildi. Bu Bukayo Saka va Gabriel Martinellini – raqib jarima maydoni jamoadoshlar bilan to‘ldirilgan sharoitda muhim figuralarga aylantirdi. «Arsenal»ni bunday kartina to‘la qanoatlantirardi. Jamoa oddiy pozitsion hujumlarda ham markazga intilmadi va qanotlardagi ustunlikdan foydalandi.

Rays Madridni nafaqat jarima zarbalari bilan jazoladi. Raqib himoyachi safiga yorib kirishi bilan ham ajralib turdi

Bunday dupletdan keyin Deklandan kamida uchta narsani so‘rash kerak.

1. Rays o‘yindan oldin Yaya Turening 2013/14 yillar mavsumidagi haylaytlarini ko‘rib chiqqanmi? Deklan bir necha marta Yayani takrorlashga harakat qilishi haqida gapirgan. O‘sha mavsumda esa Ture ham jarima zarbalarini juda zo‘r ijro etgan.

2. Deklan Dubaydagi so‘nggi yig‘inda nima bilan shug‘ullangan? O‘tgan mavsumda Rays aynan o‘sha yerdan burchak zarbalarini ijro etishda mohir futbolchi bo‘lib qaytgandi. An’anani davom ettirib, bu yil unda yana bir skillni kuchaytirishganmi? 

3. Standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy Nikolya Joverning maslahatlari qanchalik foyda berdi? Birinchi goldan keyin kameralar fransuz mutaxassisning zarba berilishidan oldingi harakatlarini ko‘rsatdi, u to‘pni kim tepishini aytishdan tashqari to‘pni qanday qilib aylantirishni ham o‘rgatayotgandi. Jamoaning burchak zarbalarini yangi darajaga olib chiqqan Jover jarima zarbalarini ijro etishni ham yaxshilayotgan bo‘lsa, yana maoshini ko‘tarishni so‘rasa bo‘laveradi (oxirgi bor dekabrda ko‘tarilgan).

Gollar, shubhasiz, Raysning o‘yindagi asosiy yutug‘i, ammo taktik tomondan uning jarima maydoniga yorib kirishlari ham muhim rol o‘ynadi. So‘nggi o‘yinlarda Deklan bu borada juda katta o‘sishga erishdi. Boshlanish nuqtasi – Mikel Merino asosiy tarkib futbolchisiga aylanishi bo‘lgandi. Rays u bilan o‘ziga xos ximiyaga erishdi: u jamoadagi yangi to‘qqizlikning harakatlarini ideal darajada to‘ldirib, raqiblarni ancha ortdan kirib kelish bilan chalkashtirib tashlamoqda.

«Real» bilan o‘yin esa uning bu roldagi eng yaxshi o‘yini bo‘ldi. Uning yorib kirish holatlarini uch toifaga ajratish mumkin.

● Deklan bostirib kiradi, uni esa hech kim ta’qib qilmaydi. Madridliklar bunday xatoga deyarli yo‘l qo‘yishmadi, ammo birinchi bo‘limdagi shunday epizodda gol urilishi mumkin edi. Merino bilan bog‘lamning ideal timsoli: ispaniyalik yarimhimoyachi himoyachini o‘ziga jalb qiladi, ingliz jamoadoshi esa bo‘sh zonaga kirib boradi va qarshilikka uchramasdan zarba beradi.

● Raqib Deklanni kuzatib boradi, ammo uning otilishiga kech reaksiya qiladi va o‘tkazib yuboradi. Rays bunday tryukni raqibning «dumidan tutish» va qaror qabul qilish uchun ortiqcha soniyaga ega bo‘lish uchun ishlatadi. To‘pni qabul qilgach, pas orqali sheriklarini topishga urinadi.

● Raqib Raysni personal qo‘riqlaydi, ammo voqealar rivojida raqibning tayanch zonasi ochilib qoladi. Bundan esa raqib jarima maydoni chegarasida slalom uyushtirishni xush ko‘ruvchi Maylz Lyuis-Skelli unumli foydalandi. O‘yindagi uchinchi gol – shunday kombinatsiyalardan birining natijasi bo‘ldi.

Raysning barcha ishga qodirligini uning raqib jarima maydoni ichida sakkiz harakatni amalga oshirganida ham ko‘rish mumkin. Bu oqshomda u odatiy ko‘rsatkichdan (bir o‘yinga o‘rtacha 2,38) to‘rt barobar yuqori va maydonda Kilian Mbappe hamda Vinisius kabi hujumchilar borligida eng yaxshi natijaga erishdi. 

Rays uchun ikki jarima zarbasini ham Saka ishlab berdi. U top-formada emasligida ham jamoa uchun qo‘shimcha variantlar yaratadi

Karlo Anchelottining syurprizlaridan biri – David Alabani ilk daqiqalardan tushirishning o‘zi emas, balki Bukayo Sakaga qarshi harakatlanishi uchun ushbu avstriyalik himoyachiga to‘liq ishonishi bo‘ldi.

APLdagi murabbiylar doim Sakaga bir emas, balki ikki futbolchini bog‘lab qo‘ydi (biri uning chap oyog‘ini, boshqasi – o‘ngini yopishga mas’ul). Alaba esa ko‘p hollara Saka bilan yakkama-yakka qolib ketdi. Jarohatdan endigina qaytgan Bukayo hali formasini tiklashga ulgurmaganidan kelib chiqib shunday qarorga kelingan bo‘lishi mumkin.

Alaba 1 ga 1 vaziyatlarda ulgurdi. Murakkab epizodlar chastotasiga qaramay, u munosib harakatlandi va biror marta o‘zini aldab o‘tishga yo‘l qo‘ymadi. Butun o‘yin davomida Saka biror marta ham aldab o‘tishga urinishni amalga oshirmadi. Lekin yomon yangilik ham bor: Bukayo juda yomon formada bo‘lganida ham, bir komponensiz ham uddalay oladi. Uning imkoniyatlari juda keng. 

O‘yin davomida Bukayo uslubini o‘zgartirdi: to‘pni o‘ng qanot chizig‘i bo‘ylab kutish o‘rniga markazga siljiy boshladi. Alaba uni sheriklariga topshirishga jur’at etmadi va uning ortidan ergashdi. Bu esa mezbonlar uchun vaziyatni keskinlashtirishda birdaniga ikki variantga yo‘l ochdi. 

Birinchidan, qanotda jamoadoshlar uchun bo‘sh zonalar hosil bo‘ldi. Quyidagi kadrda Timber hech qanday qarshilikka uchramasdan jarima maydoni ichiga uzatma qilish imkoniyatiga ega bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ikkinchidan, Saka Alabani unga noodatiy bo‘lgan zonada sinovdan o‘tkazishga kirishdi. Epizodlardan birida David qoida buzishdan o‘zga chora topolmadi – bu esa Raysning birinchi goliga olib keldi.

Shunga o‘xshash yana bir hujumda ikkinchi jarima zarbasi ham ishlandi, ammo bu holatda Saka individual mahoratini ham ishga solishi talab etildi. Uning mudofaa chizig‘idan o‘tishini na Bellinghem, na Rodrigo va na Kamavinga to‘xtata oldi. Fransuz fol uchun o‘yindagi birinchi sariq kartochkani oldi. Ya’ni Bukayo nafaqat gol uchun, balki raqib safidagi chetlatish uchun ham poydevor qo‘ydi. 

«Real» nima uchun bu qadar kam vaziyat yaratdi?

Ikkinchi bo‘limda yutqazayotganida, keyin esa yirik hisobda ortda qolayotganida, «Real» atigi u zarba yo‘lladi. Birinchi bo‘limda imkoniyatlar ko‘proq bo‘lgandi, ammo baribir bu vaziyatlar raqib to‘p yo‘qotishidan keyingi tezkor qarshi hujumlarda bo‘lgandi.

Bunday holatlarda esa madridliklar doimo xavfli. Himoyalanishda Vinisius va Mbappe boshqalardan yuqoriroqda qoldi. Ularga tezda to‘p yetkazib berib turildi. Barchasi odatdagidek, faqat yakuniy qarorlar farq qildi – gap faqat realizatsiyada emas, balki oxirgi va undan oldingi harakatlarda ham. Bu o‘rinda shu kuni asosiy yulduzlarning kuni bo‘lmaganini qayd etish kerak. 

Pozitsion hujumda esa – takrorlanuvchi xatolar. Jamoa o‘yinning 47 foiz vaqtida to‘pga egalik qildi va ma’lum oraliqlarda o‘yinni nazorat qildi, ammo raqib darvozasiga umuman xavf sololmadi.

Anchelottida yulduzlar doimo ko‘p erkinlikka ega bo‘ladi, ammo hujumchilar va to‘pni olib boruvchilarning bazaviy nisbatini murabbiy belgilaydi. Odatda «Real»da to‘pni raqib hududiga olib borish uchun markazdagi to‘rtlik mas’ul bo‘ladi, qolganlar esa yuqoriroqda ochiladi. Bu o‘yinda esa nisbat passivroq edi. To‘pni oldinga harakatlantirishda ko‘pincha Valverde o‘ng markaziy himoyachi sifatida orqada qoldi.

Ba’zi holatlarda esa to‘p chizig‘ida olti nafargacha futbolchi joylashdi.

Bu nafaqat g‘oyalar taqchilligi muammosi, balki shunchaki jasurik yetishmasligi hamdir. Bunday vaziyatlarda madridliklar raqibni yetarlicha sinab ko‘rmadi. Ehtimol, Anchelotti Martinelli va Sakaning qarshi hujumlardagi tezligidan qo‘rqqandir. Ammo bu qo‘rquv uning jamoasiga kuchliroq ta’sir qildi.

Mavzuga oid