Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Chorshanba kuni Toshkent shahridan tashqari aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat hafta davomida +28…+31 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda shamol kuchayishi, sel va qor ko‘chishi xavfi bor.

Foto: Kun.uz
Dushanba va seshanba O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Havo harorati kunduz kunlari +23…+28 daraja atrofida, ba’zi joylarda +30 darajagacha bo‘ladi.
9 aprel kuni respublika janubida, markaziy hududlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 3–6 darajaga pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib +28…+31 daraja bo‘ladi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. 7 aprelda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
7–8 aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida 7–11 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi. Harorat 7–8 aprel kunlari +26…+28 daraja, 9 aprelda +22…+24 daraja, 10 aprelda +25…+27 daraja, 11 aprelda +28…+30 daraja bo‘ladi. Kechalari asosan +10…+15 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

17:09 / 06.04.2025
«O‘zgidromet» yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

11:10 / 04.04.2025
Hafta oxirida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

22:24 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

13:21 / 01.04.2025