Hafta oxirida harorat pasaya boshlaydi
O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq harorat pasaya boshlaydi, biroq u qadar sezilarli bo‘lmaydi. Yakshanbada harorat +38…+41, janubda +42…+44 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda shamol kuchayishi mumkin.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda dam olish kunlari issiq asta-sekin pasayishni boshlaydi, biroq bu pasayish u qadar sezilarli bo‘lmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Juma kuni kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida juda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechagi kundan boshlab havo harorati kunduzi +39…+41 darajagacha, respublikaning cho‘l hududlarida va janubda +43…+45 darajagacha ko‘tarildi.
4 iyul kuni termometr ustuni +41…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha yanada ko‘tariladi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha harorat +34…+39 darajagacha pasayishi seziladi.
Yakshanba kuni harorat kunduzi +38…+41 daraja atrofida, janubda +42…+44 darajagacha bo‘ladi.
O‘zbekistonda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha, 5 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 6 iyulda cho‘l hududlarda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 4–5 iyulda +40…+43 daraja, 6 iyulda +39…+41 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:06 / 03.07.2025
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

12:16 / 01.07.2025
Barcha tarmoqlar tayyor turishi kerak. Shiddatli issiq havo oqimi kirib kelmoqda

11:44 / 30.06.2025