Sport | 22:09 / 05.04.2025
1968
1 daqiqa o‘qiladi

QarDUning «Lochin» futbol klubi rasman O‘zPFL a’zosi bo‘ldi

Qarshi davlat universiteti talabalaridan iborat «Lochin» futbol klubi O‘zbekiston Professional futbol ligasi Birinchi ligasiga qabul qilindi.

Qarshi davlat universiteti rektori, professor Dilmurod Nabiyev va O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev universitet «Lochin» futbol klubining O‘zbekiston Professional futbol ligasiga a’zolik to‘g‘risidagi hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Endi «Lochin» futbol klubi O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan O‘zbekiston kubogi va Birinchi liga musobaqalarida ishtirok etadi.

Tomonlar, shuningdek, Professional futbol liga talablari asosida universitet hududidagi mavjud futbol stadionini rekonstruksiya qilish va zamonaviy baza bunyod etish, klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, klub menejerlari uchun seminarlar tashkil qilish kabi qator masalalarni muhokama qilgan.

 

Mavzuga oid