Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi
17 yoshli Adam Qodirov 2023 yilda tergov izolyatorida Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravlevni kaltaklaganidan keyin otasining xavfsizlik xizmatida ish boshlagan edi.

Foto: TASS
Checheniston yetakchisi Ramzon Qodirovning kenja o‘g‘li, 17 yoshli Adam Qodirov Rossiya IIVning mintaqaviy bo‘linmasi kuratori etib tayinlandi.
Tabriklarni qabul qilgach, Ramzon Qodirovning o‘g‘li Checheniston Ichki ishlar vazirligining O‘z xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi operativ-qidiruv bo‘limiga yangi rahbar tayinladi. Shundan so‘ng u bir necha xodimga Checheniston qahramonlari medallarini topshirdi.
2023 yil yozida Adam Qodirov tergov izolyatorida Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni kaltaklagandi. Qodirov do‘pposlash tasvirlarini e’lon qilgan va o‘g‘lining bu ishidan faxrlanishini aytgan edi.
Shundan so‘ng Adam Qodirov bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi, otasining xavfsizlik xizmatida lavozimni egalladi va Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi «Shayx Mansur» batalyoniga rahbarlik qila boshladi. Unga Checheniston Qahramoni unvoni ham berildi. Dekabr oyida esa Ramzon Qodirov sud uning o‘g‘lini jazolashga qaror qilmaganini, Checheniston rasmiylari ham bu bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytgan.
2024 yil fevral oyida Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat Qodirov yoshlar ishlari bo‘yicha vazir etib tayinlangan edi. Joriy yil fevralda bo‘lsa, Checheniston yetakchisining to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova respublika hukumatida bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgandi.
Mavzuga oid

18:24 / 19.03.2025
Ramzan Qodirovning bosh vazir o‘rinbosarligi lavozimidan ketgan qizi 3 mlrd rubllik kompaniya egasiga aylandi

20:30 / 10.03.2025
Checheniston rasmiylari Telegramʼni blokdan chiqarishga chaqirdi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

22:44 / 27.02.2025