Argentina prezidenti biznesmenlar bilan kechki ovqatlarda uchrashish uchun 20 ming dollargacha pul olgan - Bloomberg
Biznesmenlar odatda ushbu uchrashuv uchun to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirgan.

Foto: Bloomberg
Argentina prezidenti Xaver Miley 2021-2023 yillarda kongressmen sifatida o‘zi bilan kechki ovqatda ishtirok etishni xohlagan tadbirkorlardan 20 ming dollargacha pul olgan. Bu haqda Bloomberg prezidentning o‘zining so‘zlariga tayanib xabar berdi.
Bunday kechki ovqatlar har oy tashkil etilgan va ularning har birida o‘rtacha 5-10 nafar biznesmen ishtirok etgan. Agentlik manbalariga ko‘ra, biznesmenlar odatda ushbu uchrashuv uchun to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirgan, biroq to‘lovlarning hech qanday qaydlari mavjud emas.
Ta’kidlanishicha, biznesmenlar Argentina siyosatining «yangi yulduzi» bilan aloqa o‘rnatish uchun pul to‘lashga tayyor bo‘lgan, Xaver Miley esa bunga konsultant sifatidagi faoliyatining davomi sifatida qaragan.
«Mening vaqtim qimmat, siyosat ortidan pul ishlamayman. Men bilan gaplashishni istagansiz, pul to‘lang», — degan u 2023 yilgi intervyusida. Bloombergʼning yozishicha, siyosatchilar boshqa faoliyat turi, masalan, konsultatsiyalar bilan shug‘ullanish huquqiga ega, ammo hech qayerda hujjatlashtirilmagan bunday to‘lovlar pora sifatida qabul qilinishi mumkin.
Argentinada o‘ng qanot «Ozodlik kelyapti» alyansi bir qismi bo‘lgan Libertarlar partiyasiga rahbarlik qiluvchi Xaver Miley 2023 yilda prezident etib saylangandi. Saylovoldi kampaniyasi davomida u Rossiya, Xitoy va Braziliyaning «kommunistik» hukumatlari bilan aloqalarni uzish rejasini ham e’lon qilgan.
Mavzuga oid

16:53 / 25.03.2025
Xaver Miley xolokostdan keyin Argentinadan boshpana topgan natsistlarga oid hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishni buyurdi

22:11 / 11.03.2025
Diyego Maradonani davolagan shifokorlar sudlanadi

16:48 / 21.02.2025
Argentina prezidenti Ilon Maskka zarhal zanjirli arra sovg‘a qildi

22:38 / 17.02.2025