Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
Atlantika okeanining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Folklend orollari 200 yil davomida Argentina va Britaniya o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lib kelgan. 1982 yilda hatto tomonlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv ham yuz bergan.

Argentina hukumati Buyuk Britaniyani Folklend orollariga egalik qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi. Bunga London Mavrikiyga Chagos arxipelagini topshirgani sabab bo‘ldi.
Argentina Ichki ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, «Buyuk Britaniya va Mavrikiy o‘rtasidagi bitim bu turdagi bahslarni tinch yo‘l bilan hal etish mumkinligiga yaqqol misol bo‘la oladi». «Gap dekolonizatsiya jarayonida tarixiy muhim ahamiyatga ega voqea haqida ketmoqda», — deyiladi idora bayonotida.
22 may kuni Britaniya bosh vaziri Kir Starmer Hind okeanidagi Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirilishiga oid bitim imzolanganini ma’lum qildi. Hujjat Diyego-Garsiya orolida Britaniya—AQSh harbiy bazasini saqlab qolishni nazarda tutadi.
Atlantika okeanining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Folklend orollari 200 yil davomida Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi bahsli hudud bo‘lib kelgan. 1982 yil aprelda ular o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz bergan va Argentina mag‘lubiyatga uchragan. 2013 yil martda o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlari natijasida ko‘pchilik hududning Buyuk Britaniya boshqaruvi ostida qolishini ma’qullagan. Argentina tomoni ushbu ovoz berish jarayonlari natijasini tan olmagan.
Mavzuga oid

21:20 / 03.07.2025
Britaniyada Lordlar palatasining salkam 10 mln funtlik eshigi bo‘yicha tekshiruv o‘tkaziladi

08:16 / 02.07.2025
Britaniyada «Isroil armiyasiga o‘lim» shiori bo‘yicha tergov boshlandi

10:44 / 25.06.2025
Britaniya Rossiya va Eron tahdidlari fonida urushdan xavotirda

12:07 / 21.06.2025