Italiya Rossiyani YeI obekti ustidan dron uchirganlikda gumon qilmoqda
Rossiyaning ehtimoliy uchuvchisiz uchog‘i Yevropa Komissiyasining Ispradagi qo‘shma tadqiqot markazi ustidan bir necha bor uchib o‘tgan. Italiya prokuraturasi dastlabki tergov ishini boshladi.

Foto: Countrypixel/picture alliance
Rossiyaning uchuvchisiz uchog‘i deya gumon qilinayotgan dron Italiya shimolidagi Madjore ko‘lida Ispra shahridagi Yevropa Komissiyasining Qo‘shma tadqiqot markazi ustidan bir necha bor uchib o‘tgan. Bu haqda 30 mart, yakshanba kuni Corriere della Sera gazetasi va Italiyaning ANSA axborot agentligi o‘zining xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.
ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin atrofdagi Milan prokuraturasi dastlabki tergov ishlarini olib bormoqda va josuslikda gumon qilinganlar bo‘yicha rasmiy tergov 31 martdan boshlanadi. Bunga terrorizmga qarshi kurash bo‘limi mas’ul bo‘ladi.
Corriere della Sera ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar mart oyida kamida besh marta obekt ustidan uchib o‘tgan. Nashrning yozishicha, markaz xodimlari eksperimental UUAni aniqlash tizimi tufayli ularni payqashga muvaffaq bo‘lgan.
Yaqin atrofda Italiyaning Leonardo mudofaa kompaniyasining bir nechta zavodlari joylashgan.
Mavzuga oid

18:47 / 08.05.2025
FXX: Rossiyaga kelayotgan Shimoliy Koreya fuqarolari soni keskin kamaydi

14:55 / 08.05.2025
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi

14:15 / 08.05.2025
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi

11:57 / 08.05.2025