Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali yer maydoni toifasini turar joyga o‘zgartirib, ko‘pqavatli uy-joy qurish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirib berish evaziga 110 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 72,6 sotix noturar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent shahrining Bektemir tumanida 12 mart kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 1992 yilda tug‘ilgan, rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlangan. U Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 72,6 sotix noturar yer maydonini 1 mln dollarga sotmoqchi bo‘lgan. Shuningdek, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 1 oyda ushbu yer maydoni toifasini turar joyga o‘zgartirib, ko‘pqavatli uy-joy qurish uchun ruxsatnomani va barcha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 100 ming dollar talab qilgan. Shundan so‘ng, avans tariqasida 110 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Toshkent shahri, Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qarzdorlik bo‘yicha MIB yuritayotgan ijro hujjatlarini tugatish evaziga katta miqdorda pul talab qilgan shaxs qo‘lga olingan. U fuqaroning 647 mln so‘m miqdoridagi qarzdorlik bo‘yicha ijro hujjatlarini tugatish va O‘zbekistondan chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 25 ming dollar talab qilib olganida ushlangan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda), 211-moddasi 3-qismi “a” bandi (pora berish juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid

18:22 / 15.07.2025
Toshkent shahar hokimligi O‘rikzor bozori yopilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

23:38 / 14.07.2025
Toshkent shahri prokurori Prezident administratsiyasi Komplayens xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

21:42 / 14.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:34 / 14.07.2025