Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jinoiy guruh a’zolari turli davlat fuqarolari bo‘lib, ular odamlarga Telegramʼdan APK fayllar yuborib kelgan.

Foto: IIV
Toshkent shahrida kibero‘g‘irlik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.
Qayd etilishicha, ushbu shaxslar odamlar telefoniga virusli dastur yuklab, shaxsiy ma’lumotlar orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlab kelgan.
Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zolari turli davlat fuqarolaridir. Ular Telegramʼda maxsus guruh tuzib, faoliyat yuritgan. Xususan, ushbu shaxslar odamlarga Telegramʼdan APK fayllar yuborgan. Shu orqali fuqarolar telefonidagi SMS-kodlar, kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar tarixi va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.
Jinoiy guruh 177 kishining bank kartalaridan jami 1 milliard so‘mga yaqin pullarni noqonuniy o‘tkazmalar orqali o‘zlashtirgan. Barcha harakatlar Call-markaz orqali nazorat qilingan.
Hozirda jinoiy guruhning boshqa a’zolarini aniqlash va jinoyatni to‘liq fosh etish bo‘yicha surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid

21:53 / 03.08.2025
Eng ko‘p kiberjinoyatlar Telegram va WhatsApp orqali sodir etilayotgani aytildi

15:21 / 02.08.2025
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti

10:44 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

18:45 / 01.08.2025