Toshkentda belgilanmagan joyga chiqindi tashlayotganlarga qarshi reyd boshlandi
Toshkent shahrida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotgan qoidabuzarlarga qarshi ommaviy reydlar o‘tkazilmoqda.

Foto: Kun.uz
Poytaxt hokimligi qayd etishicha, ushbu reydlar huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Hokimlik shaharliklar murojaatlarini diqqat bilan tinglab, poytaxtda tozalikni saqlash uchun qat’iy choralar ko‘rmoqda.
Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlayotganlarga nisbatan amaldagi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq jazo choralari qo‘llanadi.
Shaharda tozalik va tartib har bir fuqaroning mas’uliyatidir. Biz aholini qoidalarga rioya qilishga, atrof-muhitni hurmat qilishga va ona shahrining ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz. Toshkent - barchamizning umumiy uyimiz. Uni birgalikda tozaroq qilaylik, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025
Chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

16:16 / 25.03.2025