Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ko‘pqavatli uyda odamlar liftda qamalib qoldi
Lift qavatlar oralig‘ida to‘xtab qolgan, keyinchalik odamlar liftdan chiqarilgan.

Foto: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Normuhammedov dahasi 12-uyning liftida nosozlik yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, lift ichidagi odamlari bilan birga harakatdan to‘xtab qolgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabariga ko‘ra, lift to‘xtash qavatiga kelganda sekinlashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi datchik nosozligi tufayli o‘z vaqtida kerakli signal yetib bormagan. Shu bois liftning himoya fuksiyasi ishlab, 2- va 3- qavatlar oralig‘ida harakatlanishdan to‘xtagan.
Ta’kidlanishicha, ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi «Eco hudud» va lift ekspluatatsiyasini shartnoma asosida amalga oshirib kelayotgan «Xavfsiz lift» tashkilotining 24/7 dispetcherlik xizmatiga murojaat kelib tushgach, tashkilot vakillari hodisa joyiga borib, odamlarni 4-5 daqiqa ichida liftdan chiqarib olishga muvaffaq bo‘lgan. Hozir lift qurilmasi soz holatga keltirilgani aytilmoqda.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Yashnobod tumani hokimi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi vakillari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan holatni muhokama qilgan. Bunda tizimni raqamlashtirish, kuzatuv mexanizmini yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlanib, lift kabinalarida aloqa kanallarini yaxshilash yuzasidan aniq topshiriqlar berilgan.
Mavzuga oid

16:13
Toshkent aeroporti qarshisidagi ko‘prik rekonstruksiyasining qiymati ma’lum bo‘ldi

13:15
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025