O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Xitoy elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi Munira Aminova Xitoy elchisi Yuy Tszyunni qabul qildi.

Foto: "Dunyo" AA
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda o‘tgan 2024 yilda ikki davlat o‘rtasida samarali va salmoqli hamkorlik amalga oshirilgani ta’kidlandi.
Tomonlar joriy yilda kun tartibida turgan asosiy masalalar hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, ta’lim, grantlar va o‘zaro almashinuvlarni muhokama qildilar.
Shuningdek, ayollar faolligini oshirish borasida Xitoy Ayollar federatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirishga, bu borada ikki tomonlama forum va seminarlar tashkil etishga tayyor ekanligi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025