Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
3324
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi

Lisenziya mahalliy havo transportiga yo‘lovchi tashish va sayohat kabi pullik xizmatlarni taklif qilish imkonini taqdim etadi.

Foto: EHang

Xitoy regulyatorlari birinchi marta ikkita mahalliy operator kompaniyaga uchuvchisiz uchish apparatlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanish uchun litsenziya berdi.

Lisenziya mahalliy havo transporti xizmatlariga yo‘lovchi tashish va sayohat kabi pullik xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi. Ushbu xizmatlar EH216-S yo‘lovchi uchuvchisiz havo transport vositasi yordamida amalga oshiriladi.

EH216-S — uchishga yaroqlilik sertifikatini olgan uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatidir. U ikki yo‘lovchini soatiga 130 kilometrgacha tezlikda tashiy oladi va uning parvoz davomiyligi 35 kilometrni tashkil etadi.

So‘nggi oylarda Pekin dronlarda yuk tashishdan tortib, dirijabllar va uchuvchi avtomobillargacha bo‘lgan texnologiyalarni o‘z ichiga oladigan past balandlikdagi iqtisodiyotni rivojlantirishni tezlashtirish uchun bir qator choralarni ko‘rdi.

«Past parvoz balandligidagi iqtisodiyot — bu yangi o‘sish drayveri bo‘lib, u Xitoy iqtisodiyotining tez rivojlanishi yo‘lida muhim harakatlantiruvchi kuchga aylanadi», — degan edi Xitoy axborot assotsiatsiyasining past orbitadagi iqtisodiyot bo‘limi vitse-prezidenti Chen Bolin 28 mart kuni o‘tkazilgan anjumanda.

Hurun tadqiqot guruhining ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyning past balandlikdagi iqtisodiyoti 2025 yilga kelib 1,5 trillion yuanga (207 milliard dollar) yetishi kutilmoqda va 2035 yilga borib 2,5 trillion yuanga oshishi mumkin.

Mavzuga oid