Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi
U 62 mln so‘mni olayotgan vaqtida ushlangan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol sudlandi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar berildi.
Qayd qilinishicha, olti nafar farzandning 36 yoshli onasi yetti kunlik chaqalog‘ini sotish orqali pul ishlashga uringan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni 62 mln so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sud fuqaroni Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (O‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan aybdor deb topib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Mavzuga oid

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025
Surxondaryo viloyati FVBga yangi boshliq tayinlandi

09:24 / 18.06.2025