“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
Bojxona qo‘mitasiga ko‘ra, 1 maydan boshlab eng ko‘p transport harakatlanadigan chegara bojxona postlarida elektron navbat tizimini ishga tushirish ishlari boshlandi. Endi haydovchilar tizimga 7 ta ma’lumotni kiritgandan so‘ng, navbat oladi. Bunday ma’lumotlar sirasiga shaxs, uning avtomobili haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Bu tizim 2024 yilning dekabr oyida avtomobillarni “Yallama” chegara bojxona postidan onlayn ishonchnoma asosida olib chiqib ketish holati ro‘y berishi ortidan joriy etilmoqda.
Kun.uz 2024 yilning dekabr oyida o‘nlab mashinalar boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslar tomonidan bojxona chegara postlaridan Qozog‘istonga olib chiqib ketilgani haqida ikki qismli surishtiruv e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, tegishli surishtiruv-tergov harakatlari olib borilib, aybdorlar aniqlangan va ularga sud hukmi o‘qilgan. Buning fonida Bojxona qo‘mitasi ham holat yuzasidan o‘rganish olib borilishini, aybdor xodimlariga chora ko‘rilishini ham aytgandi. Kun.uz 7 mart kuni AOKA'da o‘tkazilgan matbuot anjumanida mas’ullardan o‘rganish natijalarini so‘radi.
Qo‘mita matbuot kotibi Husan Tangriyevning aytishicha, ushbu jarayonlarda bojxona xodimlarining ishtiroki yoki aralashuvi o‘z tasdig‘ini topmagan.
“O‘rganish qaysi tomondan amalga oshirildi? Avtotransport vositalarini bevosita faqat ishonchnoma asosida olib chiqib ketish bilan bog‘liq holatlar aniqlangan edi. Mana shunday huquqiy holatlarni bartaraf etish maqsadida Bojxona qo‘mitasi tomonidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, birinchi navbatda yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq mas’ullarimizga taqdim etildi. Hozirgi kunda bu muammo to‘liq bartaraf etilgan deb ishonch bilan ayta olamiz”, - dedi Tangriyev.
Ammo, onlayn ishonchnoma asosida mashinalarni Qozog‘istonga olib chiqib ketgan asosiy figurant Abdulla Abdurasulov“Tomojniydagilar “soqqa”sini bersangiz o‘tkazib yuboraveradi, sizning ishonchnomangizga qarab o‘tirmaydi”, deya aytgan edi. Qo‘mita matbuot kotibi anjumanda aniq takliflarni ayta olmadi. Biroq, tadbir yakunlangach Kun.uz muxbiriga huquqiy yechimlar haqida gapirib berdi.
“Bu muammo huquqiy jihatdan yechimini topdi, ya’ni joriy yilning 29 yanvar sanasida Vazirlar Mahkamasining yangi 44-sonli qarori qabul qilindi. U bilan chegara bojxona postlarida elektron navbat axborot tizimi joriy qilinmoqda, 1 maydan ishga tushiriladi. Respublikamizdagi eng ko‘p harakatlanadigan asosiy 12 ta chegara bojxona postida tizim orqali avtomobil vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda haydovchilar tizimga 7 ta ma’lumotni kirtishadi. O‘zi, avtotransport vositasi hamda uni boshqarish va egalik qilish va ishonchnoma haqidagi ma’lumotlar ham tizimga kiritiladi. Mana shular tasdig‘ini topgandan keyin unga navbat beriladi. Bu uchun bojxona hamda IIOlarining axborot tizimlarining integrasiyasi amalga oshirildi. Hozir juda katta tayyorgarlik ketmoqda”, - deydi Husan Tangriyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 12 ta chegara bojxona postlari qatorida “Yallama”, “Olot”, “Dovud ota” kabilar bor. Bu ro‘yxat yana kengayishi kutilmoqda. Shunindek, tizim bilan endilikda yo‘llarda uzun tirbadliklar bo‘lmasligi, avtoulovlar tegishli avtoturargohlarda turishi aytilmoqda. Shu bilan birga, haydovchi elektron navbat vaqti qachon kelishini, nechinchi o‘rinda ekanligini ko‘rib turish ham mumkin bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh: Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli Rossiyaga bojlar joriy etilmaydi
Jahon | 09:40
-
“Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 09:18
-
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 09:15
-
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor
Jahon | 09:00
Mavzuga oid

11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi

20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin

09:31 / 21.02.2025
IMEI talabi Toshkent aeroportida navbatlarni yuzaga keltirdi. Bojxona qo‘mitasi izoh berdi

10:16 / 09.02.2025