Toshkentda daraxtni boshqa joyga ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqaro 13 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
Toshkent shahrida daraxtni boshqa joyga ko‘chirmoqchi bo‘lgan fuqaro 13 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi
Holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilgan. Shunda fuqaro noqonuniy daraxt ko‘chirib o‘tkazishga harakat qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda bilan 9 375 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llandi hamda Vazirlar Mahkamasining 464-sonli qaroriga muvofiq 4 125 000 so‘m miqdorda tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Daraxtlar o‘z joyiga ekib qo‘yilgan.
Mas’ullar tomonidan daraxtlarga o‘rnatilgan yorituvchi moslamalar olib tashlangan.
Mavzuga oid

19:04 / 09.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiqlik tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkaziladi

18:07 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda

16:55 / 08.04.2025
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

14:09 / 08.04.2025