Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi
Yo‘nalish Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tadi. Yuklar dengiz orqali 1585 km, temiryo‘l orqali 4300 km masofani bosib o‘tadi.

Foto: O‘ztemiryo‘lkonteyner
Hindiston-O‘zbekiston xalqaro transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi, deb xabar berdi «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ.
Qayd qilinishicha, 12 ta konteynerdan iborat birinchi poyezd allaqachon Mundra (Hindiston) portidan Sorokovaya (Qozog‘iston) stansiyasiga jo‘nab ketdi. Yo‘nalish Eron, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston orqali o‘tadi. Yuklar dengiz orqali 1585 km, temiryo‘l orqali 4300 km masofani bosib o‘tadi.
Loyiha operatorlari: «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ (O‘zbekiston temiryo‘l ekspeditori), «TULM» OAJ (Turkmaniston transport-logistika markazi) va «Kedentransservis» OAJ (Qozog‘iston logistika terminallari operatori).
Ilgari Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida (Mundra – Sirg‘ali yo‘nalishida) konteyner tashish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. «O‘ztemiryo‘lkonteyner» boshqaruvi raisi Mirziyod Mirhamidov ta’kidlaganidek, kompaniya endi «Hindiston – Markaziy Osiyo» multimodal yo‘lagi bo‘ylab konteyner poyezdlarini muntazam jo‘natishni rejalashtirmoqda.
O‘z navbatida, «Kazaxstan temir joly» (Qozog‘iston temiryo‘llari) matbuot xizmati Hindistondan Qozog‘istonga sopol plitalar jo‘natilganiga aniqlik kiritdi. Yetkazib berish muddati Bandar Abbos (Eron) portining ish jadvaliga qarab taxminan 25-30 kunni tashkil qiladi.
«Ta’minot «Shimol-Janub» yo‘lagining sharqiy yo‘nalishi bo‘ylab konteyner tashish xizmatlarini rivojlantirish doirasida amalga oshirilmoqda. Bu yo‘lak ta’minot muddatlarini, yuklarni tashish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish va mamlakatlar eksportchilari va importchilari imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi», deb ta’kidladi tashuvchi.
Mavzuga oid

20:57 / 09.04.2025
Qozog‘iston olti oyga tuxum importini chekladi

16:31 / 08.04.2025
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

21:21 / 05.04.2025