Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Ushbu fuqaro Pattayada mehmonxonaning 6-qavatidan tushib ketib, og‘ir jarohat olgan. Tibbiyot muassasasida davolanish davomida u 352 ming bat qarzdor bo‘lib qolgan.

Foto: dunyo.info
Bosh konsulxona ko‘magida Tailandda baxtsiz hodisa oqibatida og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 7 dekabr kuni Pattaya shahridagi mehmonxonaning 6-qavatidagi balkondan pastga tushib ketishi oqibatida og‘ir jarohat olgan va kasalxonada davolanayotgan o‘zbekistonlikka konsullik-huquqiy yordami ko‘rsatilgan.
Bosh konsulxona konsuli Chonburi Hospital kasalxonasida bo‘lib ushbu fuqaroning holidan xabar olgan. Shuningdek, tibbiyot muassasasida davolanish vaqtida yuzaga kelgan 352 ming Tailand bati miqdoridagi qarzdorlik ijobiy hal qilingan. Xususan, tibbiy muassasa rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qarzdorlikning 101 ming bati bemor va homiylar tomonidan to‘lab berilgan. Qolgan 251 ming bat (7400 AQSh dollari) miqdoridagi qarzdan kasalxona ma’muriyati voz kechgan.
Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosining pasporti yo‘qolgani sababli unga Bosh konsulxona tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilgan va Uzbekistan Airways AJning Bangkok—Toshkent yo‘nalishidagi samolyotga aviachipta sotib olib berilgan hamda bemor uchun maxsus joy ajratilgan.
Mavzuga oid

21:18 / 25.07.2025
Dunyoda yana bir urush – Tailand va Kambodja o‘rtasida

11:29 / 25.07.2025
Tailanddagi O‘zbekiston fuqarolaridan Kambodja bilan chegaradosh hududlarga bormaslik so‘raldi

12:05 / 24.07.2025
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuv bo‘lmoqda

19:34 / 06.07.2025