Pokiston bosh vaziri 25 fevral kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 25-26 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston—Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, transport bog‘liqligini kuchaytirish va tranzit salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yengil va charm sanoati, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, elektrotexnika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi qo‘shma rejalar diqqat markazida bo‘ladi.
Madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida Qo‘shma deklaratsiya va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida yetakchilar O‘zbekiston—Pokiston qo‘shma biznes forumida ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid

07:57 / 02.04.2025
Rossiyaga Pokistondan migrantlar olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

11:18 / 01.04.2025
Pokiston O‘zbekistonda yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda

16:16 / 31.03.2025
Pokistonda O‘zbekiston sanoat mahsulotlarini saqlash ombori tashkil etiladi

20:53 / 13.03.2025