Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?
Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar, Andijonda eng ko‘p sabzavotlar, Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan.

Foto: AP
2024 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 467,0 trln so‘mni tashkil etgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda quyidagi hududlar yetakchilik qildi:
- Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (998,5 ming tonna);
- Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1 833,7 ming tonna);
- Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (747,6 ming tonna);
- Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (351,5 ming tonna);
- Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (699,9 ming tonna);
- Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (666,1 ming tonna);
- Qashqadaryo viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (345,9 ming tonna);
- Samarqandda eng ko‘p – 1 456,0 ming tonna sut olingan;
- Toshkent viloyatida eng ko‘p – 1 608,1 million dona tuxum olingan;
- Xorazmda eng ko‘p – 33,0 ming tonna baliq ovlangan;
- Samarqandda 1 765,8 ming bosh yirik shoxli qoramol bor;
- Qashqadaryoda 5 109,7 ming bosh qo‘y va echkilar bor;
- Toshkent viloyatida eng ko‘p – 57 009 bosh otlar bor;
Mavzuga oid

16:03 / 16.07.2025
Deputatlar dala chetlariga ekin ekishga oid bahsli qonunni o‘zgarishlar bilan qabul qildi

19:02 / 15.07.2025
“Vahshiylik shu darajada bo‘ladimi..?” - zaharli dori sabab vodiyda asalarilar qirilib bitmoqda

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025