Rossiya hududiy yon berishi va armiyasini qisqartirishi kerak - Kellogg
Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ham, Ukraina ham muzokaralarda «yon berishi» shart.

Foto: Getty Images
Rossiya hududiy yon berishi, shuningdek, qurolli kuchlarini qisqartirishi va kelajakda ulardan foydalanishdan voz kechishi kerak, dedi AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya, Polsha va Ukraina TIV rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida Ukraina ham «ba’zi narsalarda yon berishi» mumkin. Bundan tashqari, Kellogg Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalar hozir qanchalik samarali ekanini ham baholadi.
«Ular 10 ballik tizim bo‘yicha 6 ball darajasida. Lekin ularning amalga oshirilishi 3 ball darajasida. Iqtisodiyotga zarba beradigan sanksiyalar kerak. Biz buni Eron bilan o‘tmishda qilganmiz, biz bu mamlakatni chindan ham sindirgan sanksiyalarni qo‘yganmiz», deb ta’kidladi u.
Bundan tashqari, Kellogg Ukrainadagi urush qachon tugashini taxmin qildi. «Prezident Tramp o‘z lavozimini 30 kundan kamroq vaqt davomida egallab turibdi va biz so‘nggi 30 kun ichida oxirgi ma’muriyat uch yil ichida erishganidan ko‘ra ko‘proq muvaffaqiyatga erishdik», dedi u.
Mavzuga oid

22:28 / 05.07.2025
Tramp noqonuniy migrantlarga ikki sohada ishlashga ruxsat berishni taklif qildi

17:44 / 05.07.2025
Texasda kutilmagan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi

14:30 / 05.07.2025
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45 / 05.07.2025