To‘rt tup daraxtni noqonuniy kesgan fuqaro 52,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi
Navoiy viloyatida fuqaro to‘rt tup daraxtni noqonuniy kesgani uchun 52 mln 500 ming so‘m to‘ladi.

Foto: Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berishicha, Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining tezkor nazorat guruhi xodimlari tomonidan Qiziltepa tumanidagi To‘dako‘l dam olish maskani hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbiri davomida Karmana tumanida yashovchi huquqbuzar O.S tomonidan To‘dako‘l dam olish maskani hududida ikki tup jiyda, bir tup qayrag‘och va bir tup aylant daraxtlarini hech qanday ruxsatsiz tag qismidan kesib tashlangani aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1- qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 9 million 375 ming so‘m jarima hamda 43 million 125 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.
Mavzuga oid

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025
“Tezlik juda yuqori bo‘lgan” – Navoiydagi dahshatli YTHga izoh berildi

18:21 / 09.04.2025