2024 yili qancha elektromobil import qilingani aytildi
O‘zbekiston 2024 yilda xorijdan qiymati 224,8 mln dollarga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil import qilgan.

Foto: AFP
Statistika agentligi xabariga ko‘ra, eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar reytingida esa Xitoy peshqadam — 23 982 ta. Keyingi o‘rinda esa Qozog‘iston — 51 ta.
Bundan tashqari, Hongkong (17 ta), Germaniya (15 ta), BAA (13 ta) va AQSh (10 ta)dan elektromobillar olib kelingan.
Avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshirilishi haqida xabar berilgandi.
2025 yil 1 maydan boshlab:
- ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 mln so‘m);
- ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78 mln 750 ming so‘m) etib belgilanadi.
Mavzuga oid

15:34 / 04.07.2025
Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash tartibi tasdiqlandi

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

15:30 / 04.06.2025
Tramp po‘lat va alyuminiyga bojlarni 50 foizga oshirishni ma’qulladi

20:34 / 06.05.2025