Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Viloyatga yangi rahbar kelishi ortidan Vohid Ibodullayev hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ketgan.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Alisher Bo‘riyevich Xidirov Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Alisher Xidirov viloyatning yangi rahbari Erkinjon Turdimovning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlaydi.
U mazkur tayinlovga qadar «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» aksiyadorlik jamiyati marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.
Xidirov yangi lavozimda 2022 yildan buyon ishlab kelgan Vohid Ibodullayev o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo viloyatiga 2022 yil noyabrdan buyon rahbarlik qilib kelgan Akmaljon Mahmudaliyev 2025 yil yanvarida ishdan ketib, uning o‘rniga Erkinjon Turdimov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025