Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sobyanin Moskvaga dronlar hujumi qaytarilganini ma’lum qildi
Moskva meri Sergey Sobyanin havo hujumidan mudofaa kuchlari Kolomna, Podolsk, Shchyolkovo, Ramenskoye va Troitskiy okrugida dronlarni urib tushirganini ma’lum qildi.

Foto: Tatyana Makeyeva/AFP/Getty Images
Havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskvaga uchuvchisiz uchoqlar hujumini qaytardi. Bu haqda 24 yanvar, juma kuni erta tongda Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi. Dastlab u o‘zining Telegram-kanalida shunday yozgan: "Mudofaa vazirligining Kolomna shahar okrugi va Ramenskoye shahar okrugidagi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Moskvaga uchayotgan dronlarning hujumini qaytardi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar va qurbonlar yo‘q. Dronlar parchalari qulagan joyda Favqulodda vaziyatlar xizmati mutaxassislari ishlamoqda". Keyin uning boshqa bir xabari paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Podolsk shahar okrugida Moskva tomon uchayotgan ikkita dronni urib tushirdi. Sobyanin Troitskiy ma’muriy okrugida dron urib tushirilganini ham ma’lum qildi.
Bungacha Ramenskoye shahar okrugi ma’muriyatining Telegram-kanali aholini tahdidlar haqida tezkorlik bilan xabardor qilish maqsadida munitsipalitetda dron hujumlari xavfi tufayli soat 1:00 dan boshlab ogohlantirish rejimi joriy etilgani haqida xabar bergan edi.
Rosaviatsiya vakili Artem Korenyakoning ma’lum qilishicha, Moskva vaqti bilan soat 0:22 dan boshlab Moskvaning Domodedovo, Jukovskiy va Vnukovo aeroportlari vaqtincha reyslarni qabul qilmagan va jo‘natmagan. Biroz vaqt o‘tgach, cheklovlar olib tashlandi.
Mavzuga oid

07:42 / 26.07.2025
Moskvadagi oliy maktab talabalariga o‘qishni boshqa oliygohlarga ko‘chirish taklif qilindi

12:29 / 19.07.2025
Fransiyalik top-menejer Moskva bilan biznes yurityapti

07:50 / 18.07.2025
Soha vakillari: Germaniya dronlar hujumidan o‘zini himoya qila olmaydi

07:51 / 17.07.2025