Toshkent City’dagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi
Toshkent City hududida joylashgan 9 qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga yong‘in-qutqaruv texnikalari jalb etilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Toshkent City hududidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 23 yanvar kuni soat 19:49 da Shayxontohur tumani Botir Zokirov ko‘chasi, Toshkent City hududida joylashgan 9 qavatli uyning tom qismi yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 19:53 da yetib borib, yong‘in soat 20:03 da qurshab olingan va soat 20:05 o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.
«Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabrda Tashkent City hududidagi 6-lotda qurilayotgan uylardan birining yerto‘lasida yong‘in chiqqandi. Keyinroq FVV yong‘in quruvchilarning ehtiyotsizligi tufayli ombordagi tez yonuvchi izolyatsiya materiallaridan chiqqanini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid

17:42 / 22.04.2025
Yunusobodda Lacetti yonib ketdi

23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi

18:42 / 21.04.2025
Seulda erkak pestitsid purkagich yordamida 21 qavatli binoga o‘t qo‘ydi

15:58 / 18.04.2025