Rossiya dronlari Mikolayiv va Sumiga hujum qildi
Hujumlar natijasida ko‘p qavatli uylar va xususiy uylar zarar ko‘rgan, yong‘inlar boshlangan. Qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Foto: Telegram / senkevichonline
21 yanvar, seshanba kuni kechqurun Rossiya armiyasi Mikolayiv shahriga yettita Shahed tipidagi dron bilan hujum qildi, dedi Mikolayiv oblasti davlat ma’muriyati rahbari Vitaliy Kim. Hujum natijasida turar joy binolari shikastlangan va yong‘in kelib chiqqan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Mikolayiv meri Aleksandr Senkevich o‘zining Telegram-kanalida xususiy sektordagi vayronagarchiliklar haqida yozdi. «Vayronalar ostidan bir ayol chiqarib olindi. Yong‘in bor. Infratuzilma obektida vayronagarchilik va yong‘in. Qutqaruvchilar ham ishlamoqda», — dedi u.
Shu kuni kechqurun rus armiyasi Sumi shahridagi xususiy sektorga Shahed dronlari bilan hujum qilib, bir nechta uylarga zarar yetkazdi.
Mavzuga oid

12:26 / 16.04.2025
Rossiya va Ukraina bir-biriga dronlar bilan hujum qildi

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025