Farg‘onadan Istanbulga uchishi kerak bo‘lgan reys kechiktirildi
Uzbekistan Airways’ning Farg‘ona-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha 18 yanvarda uchishi kerak bo‘lgan reysi texnik sabablar tufayli kechiktirildi.

Foto: Uzbekistan Airways
Uzbekistan Airways’ning Farg‘ona—Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha 18 yanvar kuni amalga oshirilishi kerak bo‘lgan reysi kechiktirildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, reysning HY278 reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirilgan. Ta’kidlanishicha, aviakompaniyaning texnik xizmatlari tomonidan qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazilgach, yangilangan jadval taqdim etiladi.
«Uzbekistan Airways uchun yo‘lovchilarimizning xavfsizligi eng asosiy vazifa hisoblanadi. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 15 yanvar kuni Uzbekistan Airways’ning HY9607 Buxoro–Moskva yo‘nalishida parvoz qilgan samolyoti Vnukovo aeroportiga qo‘nayotganda dvigatellardan biri ishdan chiqqandi. Kompaniya xabariga ko‘ra, ekipaj tomonidan tegishli choralar ko‘rilib, qo‘nish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Havo kemasi bortida 132 yo‘lovchi bo‘lgan.
Mavzuga oid

16:44 / 09.04.2025
Uzbekistan Airways yangi samolyotlarida internetdan foydalanish imkoniyati bo‘ladi

18:06 / 07.04.2025
Uzbekistan Airways yana bir LET-L-410 samolyotiga ega bo‘ldi

17:26 / 04.04.2025
Uzbekistan Airways Moskvadagi «Vnukovo» aeroportidan parvoz qiluvchi yo‘lovchilarni ogohlantirdi

18:12 / 28.03.2025