O‘zbekiston | 18:06 / 07.04.2025
4065
1 daqiqa o‘qiladi

Uzbekistan Airways yana bir LET-L-410 samolyotiga ega bo‘ldi

Havo kemasi mintaqaviy aviatashuvlarni amalga oshiradi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi to‘rtinchi LET-L-410 samolyotiga ega bo‘ldi.

Havo kemasi Silk Avia brendi ostida tijoriy foydalanish uchun mo‘ljallangan va mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Bugungi kunda uchta LET-L-410 havo kemasi Nukus – Mo‘ynoq – Nukus, Toshkent – Shahrisabz – Toshkent, Toshkent – Zomin – Toshkent yo‘nalishlarida parvozlarni amalga oshirmoqda.

LET L-410 «Turbolyot» - mahalliy aviakompaniyalar uchun mo‘ljallangan, yengil, ko‘p maqsadli ikki dvigatelli samolyot bo‘lib, 1966-1967 yillarda Chexoslovakiyaning Let Kunovice aviatsiya zavodi konstruktorlik byurosi (hozir Chexiyaning LET Aircraft Industries zavodi) tomonidan ishlab chiqilgan.

Samolyot maxsus tayyorlanmagan, asfaltlanmagan, o‘tloqli yo‘laklarda, qorli hududlarda, shuningdek, qisqa uchish-qo‘nish yo‘laklari bo‘lgan aerodromlardan uchish uchun mo‘ljallangan. 19 yo‘lovchi yoki 1,8 tonna yukni 1500 km masofaga tashishga qodir.

Mavzuga oid