Mansab vakolatini suiiste’mol qilib sudlangan Andijon tumani sobiq hokimi viloyat kasaba uyushmalari kengashiga rais bo‘ldi
2021 yil fevralidan 2022 yil sentabrigacha Andijon tumani hokimi lavozimida ishlagan Abdujabbor Egamberdiyev qabuliga kelganlarga ayvon poygakidan joy bergani ortidan internetda mashhur bo‘lgandi. U o‘zboshimchalik, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilishda ayblanib, sud hukmi bilan jinoiy jazoga ham tortilgan edi.

Foto: Andijon tumani hokimligi matbuot xizmati
Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyati kengashi raisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlov 2024 yilning 18 dekabr kuni kengashning yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida e’lon qilingan.
Sobiq hokim tayinlovga qadar Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashining Andijon viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Abdujabbor Egamberdiyev 2021 yil fevralidan 2022 yil sentabrigacha Andijon tumaniga hokimlik qilgan. U sayyor qabulda fuqarolarga poygakdan joy berganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi. So‘ngra Egamberdiyev prezident qarori bilan davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
O‘shanda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan bu holat “o‘rta asr xonliklari davrini eslatayotgani”, Egamberdiyev o‘zini hokim emas xondek tutayotgani tanqid qilingan. Tuman hokimligi esa bu holatni «ijtimoiy masofa saqlash» zarurati bilan izohlashga uringandi.
Keyinchalik Abdujabbor Egamberdiyev sudlangani ma’lum bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudining 2023 yil 8 fevraldagi hukmiga muvofiq Abdujabbor Egamberdiyev o‘zboshimchalik, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 2-qismi va 61-moddasi tartibida 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Egamberdiyev va uning himoyachisi tomonidan sudga o‘talmay qolgan mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli ozod qilish haqidagi arizasi taqdim etilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudining 2024 yil 18 yanvardagi ajrimi bilan A.Egamberdiyevning arizasi qanoatlantirilib, u faqatgina o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 16 kun mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish qo‘shimcha jazosini o‘tash muddatidan ilgari shartli ozod qilingan.
Abdujabbor Egamberdiyev muqaddam ko‘p yillar soliq tizimida ishlagan, 2016-2021 yillarda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan, 2021-2022 yillarda Andijon tumaniga hokimlik qilgan.
Ma’lumot uchun, Kasaba uyushmalari nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi
Jahon | 11:27
-
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
Jahon | 11:15
-
Minglab isroilliklar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Jahon | 11:14
-
Jahon iqtisodiyoti Trampning tariflarini «hazm qilmoqda»: investorlar vahimasi, neft narxi qulashi hamda Xitoy bilan katta savdo urushi arafasi
Iqtisodiyot | 11:08
Mavzuga oid

12:11 / 02.04.2025
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

08:34 / 20.03.2025
“Korrupsiyaviy tuynuk”larni tag-tomiri bilan yo‘q qilish choralarini ko‘ramiz - bosh prokuror

18:16 / 19.03.2025