Migratsiya agentligi Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi
O‘zbekiston fuqarolariga noqulay ob-havo sharoitida yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish tavsiya etildi.

Foto: Videodan kadr
Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi oqibatida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
«Magistral yo‘llarda kuchli qor bo‘ronlari hamda muzlash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda», deyiladi xabarda.
Migratsiya agentligi qo‘shni davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, harakatlanish uchun poyezd yoki samolyotni tanlashni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmay turishni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid

16:21 / 18.04.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

12:35 / 17.04.2025
Ayrim hududlarda harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?

13:00 / 10.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov

12:09 / 28.03.2025