Tramp mehmonxonasi yonida Cybertruck’ni portlatgan shaxs jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishda ChatGPT’dan foydalangan
Las-Vegas politsiyasiga ko‘ra, gumonlanuvchi ChatGPT sun’iy intellektidan foydalanganini isbotlovchi dalillar bor. O‘z navbatida OpenAI kompaniyasi sun’iy intellekt ochiq internetdagi ma’lumotlarni taqdim etganini bildirdi.

Foto: Reuters
Las-Vegasdagi Trump International mehmonxonasi yonida 1 yanvar kuni portlab ketgan Tesla Cybertruck haydovchisi o‘zi jinoyatini amalga oshirishda ChatGPT sun’iy intellektidan foydalangan. Bu haqda shahar politsiyasiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
«Bizda gumonlanuvchi o‘z hujumini rejalashtirishda ChatGPT sun’iy intellektidan foydalangani bo‘yicha aniq dalillar bor. Bu ChatGPT insonga aniq bir qurilmani yaratishda yordam bergan AQSh hududidagi menga ma’lum birinchi holatdir», — deydi Las-Vegas politsiyasi sherifi Kevin Makmaxill.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchi ChatGPT yordamida, shuningdek, portlash uchun qancha miqdorda portlovchi modda talab etilishini aniqlashga uringan.
ChatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasi politsiya bayonotiga javob qaytarib, «sun’iy intellekt instrumentlaridan mas’uliyat bilan foydalanishga harakat qilayotgani» va uning «modellari zararli qo‘llanma berishni rad etadigan tarzda yaratilganini» bildirdi.
«Mazkur holatda ChatGPT ochiq internetda mavjud ma’lumotlarni taqdim etgan va zararli hamda noqonuniy harakatdan ogohlantirgan», — deyiladi kompaniya xabarida.
1 yanvar kuni Las-Vegasda AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga tegishli Trump International Hotel mehmonxonasi oldida Tesla Cybertruck elektr pikapi portlab ketdi. Salondagi odam halok bo‘ldi, voqea joyida bo‘lgan yana yetti kishi yengil tan jarohati oldi. Portlash mahalliy vaqt bilan 08:40 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi

23:31 / 05.04.2025
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi

19:02 / 04.04.2025
BMT: Sun’iy intellekt tufayli boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut o‘smoqda

22:17 / 03.04.2025