Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Sun’iy intellekt o‘zining odam emasligini yashirmadi, ammo bu universitet o‘qituvchilarini bezovta qilmadi.

Foto: Canva
Sun’iy intellekt birinchi marta oliy ta’lim muassasasiga qabul qilindi – u raqamli san’at yo‘nalishida ta’lim oladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Flynn neyrotarmog‘i standart tanlov jarayonidan o‘tdi: portfolio, intervyu va kirish testi.
Sun’iy intellekt o‘zining odam emasligini yashirmadi, ammo bu universitet o‘qituvchilarini bezovta qilmadi.
«Talabalar inson bo‘lishi kerakligi haqida yozma talab yo‘q, aniq sabablarga ko‘ra bu haqda hech kim o‘ylab ko‘rmagan», dedi kafedra rahbari Liz Xaas qarorni izohlar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Flynn intervyuni juda yaxshi eplagan va ajoyib portfolio taqdim etgan.
Modelni ishlab chiquvchilar algoritmni o‘rgatish uchun ma’ruzalar va sinfdoshlar bilan muloqotdan foydalanishlarini aytdi. Noodatiy talaba kuzda qabul qilinadi, lekin u allaqachon ba’zi darslarda qatnashmoqda.
Mavzuga oid

09:45
O‘zbekistonda 10 yilda xorijlik talabalar soni qariyb 18 barobarga oshdi

21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi

12:30 / 22.04.2025