SpaceX raketasi Starlink interneti uchun sun’iy yo‘ldoshlarning navbatdagi guruhini orbitaga olib chiqdi
Falcon 9 tashuvchi raketasi yordamida Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmog‘i uchun yana 21 ta kichik hajmli sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga uchirildi.

Foto: SpaceX
Falcon 9 tashuvchi raketasi 31 dekabr kuni Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmog‘i uchun yana 21 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi, deb xabar beradi SpaceX kompaniyasi.
Raketalar Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan Kennedi nomidagi Kosmik markazning 39A start maydonchasidan uchirilgan. Taxminan bir soatdan keyin tashuvi raketaning ikkinchi pog‘onasidan ajralgan sun’iy yo‘ldoshlar orbitaga chiqqan.
Sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish doirasida tashuvchi raketaning 16-marotaba foydalanilgan ko‘p martalik pog‘onasi Atlantikadagi Just Read the Instructions dengiz platformasiga vertikal qo‘nishni amalga oshirgan.
2019 yil maydan beri SpaceX kompaniyasi Starlink loyihasi doirasida 7,6 mingdan ortiq shu kabi sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga uchirdi. Ularning bir qismi ishdan chiqqan yoki orbitadan og‘ishgan. Hozirda 6,9 mingdan ziyod apparat orbitada soz holatda faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq SpaceX kompaniyasi 2024 yilda 134 ta raketa uchirgani— bu yangi jahon rekordi ekani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yil oxirigacha yana uchta missiya rejalashtirilgani, shu bois ularning soni 137 taga yetishi mumkinligi aytilgan edi. Biroq kompaniya o‘tgan yilgi yutug‘idan allaqachon o‘zib ketgan – 98 ta parvoz.
Mavzuga oid

21:39 / 17.04.2025
SpaceX AQShning «Oltin gumbaz»i uchun sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritishi mumkin

18:36 / 10.04.2025
Amazonʼning sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan raketa parvozi noqulay ob-havo sabab bekor qilindi

15:03 / 10.04.2025
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda

18:22 / 01.04.2025