Bloomberg Moskvaning Suriya hukumati bilan harbiy bazalariga oid muzokaralaridan xabar topdi
Muzokaralar Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi va Lataqiyadan taxminan 20 km janubi-sharqda joylashgan Hmeymim harbiy-havo bazasini saqlab qolish bo‘yicha olib borilmoqda.

Foto: TASS
Rossiya hukumati Suriyaning yangi rahbariyati bilan mamlakatdagi ikkita harbiy bazani saqlab qolish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
Qayd etilishicha, muzokaralar Tartusdagi harbiy-dengiz bazasi va Lataqiyadan taxminan 20 km janubi-sharqda joylashgan Hmeymim harbiy-havo bazasini saqlab qolish bo‘yicha olib borilmoqda.
Agentlikka ko‘ra, Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyaning yangi rahbariyati bilan rossiyalik harbiylar bazalarda qolishi mumkinligi haqida norasmiy kelishuvga erishilgan deb «hisoblamoqda».
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanovning ma’lum qilishicha, Rossiya «Tahrir ash-Shom» — Suriyada hokimiyat tepasiga kelgan asosiy muxoliflardan biri bilan aloqa o‘rnatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot vakillari bilan uchrashuv Damashqdagi mehmonxonada bo‘lib o‘tgan.
«Elchixonamiz vakillari ular bilan uchrashib, turli masalalarni, avvalo, diplomatik missiyamiz va Rossiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlashni muhokama qildi», — deydi Bogdanov.
Uning ta’kidlashicha, muloqot «konstruktiv yo‘nalishda» davom etgan va Rossiya Suriya tomoni o‘z va’dalarini bajarishiga umid qilmoqda.
2017 yilda Moskva va Damashq Tartus va Hmeymim bazalaridan 49 yil davomida — 2066 yilgacha foydalanish bo‘yicha kelishuv imzolagandi. Rossiya qo‘shinlari tarkibida 7,5 ming harbiy bilan birga ko‘plab qurol-yarog‘ va harbiy texnika ham bor. Bu, ayniqsa, Hmeymim aviabazasiga tegishli. Baza hududida zirhli texnika, zenit-raketa majmualari va muhandislik uskunalari mavjud. Evakuatsiya boshlangan taqdirda, bu jarayon katta e’tiborni tortishi mumkin.
Mavzuga oid

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

21:06 / 19.04.2025
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?

19:21 / 19.04.2025
Vladimir Putin Pasxa munosabati bilan qisqa otashkesim e’lon qildi

13:33 / 19.04.2025